
Yovan Jokichning yangi mavsumni qaysi klubda o‘tkazishi ma’lum
Nihoyat, serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich masalasiga oydinlik kiritildi. Avvalroq unga "Neftchi" tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgandi. Endi esa barchasiga nuqta qo‘yildi.
"Navbahor"ning 31 yoshli serbiyalik tajribali yarim himoyachisi Yovan Jokich klub bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirdi. U 2024 yilgi mavsumda ham “lochinlar” sharafini himoya qiladi. Bu xususida "Navbahor" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yovan Jokich 2023 yilgi mavsumdagi barcha musobaqalarda “Navbahor” tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 4 ta gol urgan holda, 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar