Yosh yulduz yangi shartnoma oladi

  • 20 aprel, 2021, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati o‘z o‘yinlari bilan murabbiylar va mutaxassislar ishonchini qozonib borayotgan Fil Fodenga yangi shartnoma taqdim etib, maoshini uch karra oshirish bo‘yicha ish boshladi.

Tecno

20 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 42 marta maydonga tushdi, raqiblar darvozasiga 13 ta gol urib, jamoadoshlariga 9 ta golli pas uzatdi.

Gvardiolaning ishonchiga kirib borayotgan Fodenning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha uzaytiriladi. Yangi bitimga ko‘ra, futbolchining haftasiga 30 ming funtni tashkil qilayotgan maoshi 100 ming funtgacha ko‘tariladi.

“Manchester Siti” bu yil Angliya premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasida bosh sovringa asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!