Yosh poygachilarimiz Qozog‘iston ochiq chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

  • 26 iyul, 2023, 20:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Avto/Moto
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston avtosport va karting milliy federatsiyasi litsenziyalariga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar Xalqaro toifadagi karting bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi ochiq chempionatining 4-bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

22-23 iyul kunlari Olmaota shahridagi “Sokol” avtodromida karting bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi ochiq chempionatining xalqaro toifadagi 4-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Poygachilar quyidagi klasslarda o‘zaro bahs olib borishdi:

MINI

OK-J

KZ2

Rotaks Maks

MINI klassida hamyurtimiz Abubakir Qodirjonov 2-o‘rinni egalladi. Ushbu klassda shuningdek Vladislav Kim (4-o‘rin), Saidakbar Qodirjonov (5-o‘rin) hamda Arseniy Glova (10-o‘rin) kabi hamyurtlarimz ham ishtirok etishdi.

OK-J klassidagi bahslarda ikki nafar hamyurtimiz shoxsupaga ko‘tarildi. Jumladan, Amir Xamraev 2-o‘rini, Senman Li esa 3-o‘rinni egalladi. Ta’kidlash kerakki, Amir Hamraev 2022 yildan beri ushbu klassda kuchli uchlikka kirib kelmoqda.

Afsuski, KZ2 klassidagi bellashuvlarda vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashishmadi. Ushbu klassda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jamoliddin Mirxasimov  12-o‘rin bilan kifoyalandi.

Rotaks Maks klassida esa hamyurtimiz Yasmina Egamberdieva 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!