Yosh MMAchilarimiz jahon chempionatini yondirmoqda!

  • 21 iyul, 22:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

BAAning Abu-Dabi shahri o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida MMA bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 

Tecno

O‘zbekiston MMA assotsatsiyasi raisi o‘rinbosari Muzaffar Radjabov boshchiligida 70 nafar hamyurtimiz dunyo birinchiligidagi ishtirokini bugundan boshlashdi.

Quyidagi musobaqaning dastlabki kunida medallarni qo‘lga kiritgan yurtdoshlarimiz bilan tanishishingiz mumkin:

Kumush medal:
Ibrohim Isaqov 
Zafar Ziyaev

Bronza medal:
Diyorjon Ahmadjonov
Muhammadaziz Obidjonov
Afruzbek Haminjonov
Shukrullo Bekmatov

Ma’lumot uchun, ushbu jahon chempionatida 53 ta mamlakatdan 900 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kurashmoqda. Eng katta delegatsiyalar - Ukraina (118 nafar), O‘zbekiston (70 nafar), Tojikiston (47 nafar), Qozog‘iston (33 nafar).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!