
Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasidan nega ketayotganini izohladi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov “Evro-2020”dan so‘ng o‘z lavozimidan ketishga qaror qilganini quyidagicha izohladi.
“Men bu qadamni ongli ravishda katta g‘urur va minnatdorlik bilan tashlayman. Shu bilan birga, men “Evro-2020”da juda katta maqsadlar bilan ishtirok etaman. Terma jamoaning bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf va men bundan faxrlanaman. Men deyarli 17 yil davomida mamlakatning eng yaxshi futbolchilari bilan ishladim va ularning rivojlanishiga yordam berdim. Menda ulkan g‘alabalar, og‘riqli mag‘lubiyatlar va fantastik lahzalar bo‘lgan, ammo, bu faqatgina 2014 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alaba bilan bog‘liq emas.
Menga va jamoaga har doim ideal ish sharoitlarini yaratib bergan Germaniya futbol assotsiatsiyasidan minnatdorman. Yaqinlashib kelayotgan qit’a chempionati oldidan menda hali ko‘p kuch va ambitsiyalar bor. Ushbu musobaqada muxlislarimizni xursand qilish va muvaffaqiyat qozonish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman”, - dedi 61 yoshli mutaxassis.
Fikrlar