
Yaxshiboevning "Braga"ga qarshi o‘yini qanday baholandi? (Foto)
Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Braga" - "Sherif" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Ilk o‘yinda Belarus klubi ham shu hisobda g‘alaba qozongandi. Shu tariqa, muxlislar ekstra taymlar guvohi bo‘lishdi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi. Bahs taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. Unda "Braga" 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qildi.
Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev ushbu to‘qnashuvning 111-daqiqasida zaxiraga olindi. Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi mashhur "Sofascore" nashri uning o‘yinini 6.4 ballga loyiq deb topdi. Marhamat, boshqa futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan ham tanishib chiqing!
Fikrlar