
Yapon klubidan ketgan Podolski tez orada Superliga klubi bilan shartnoma imzolaydi
Xabaringiz bor kecha germaniyalik mashhur hujumchi Lukas Podolski "Vissel Kobe"dan ketgani haqida xabar bergan edik.
Fanatik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli futbolchi faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi. Aniqrog‘i, u "Antalyaspor" klubi bilan shartnoma imzolaydi. Tomonlar 2021 yilga qadar shartnoma imzolashlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Podolski faoliyati davomida “Bavariya” va “Arsenal” kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar