Yangi mavsumda Superliga o‘yinlari qo‘shimcha kameralar bilan o‘tkaziladi

  • 2 mart, 2024, 18:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi bir necha mavsum davomida hakamlarimiz VAR ishlaydigan o‘yinlarda ham qator qiyinchiliklarga duch kelishgani hech kimga sir emas. Bularning asosiy sababi sifatida esa uchrashuvlarda ishlatiladigan kameralar sonining kamligi (asosan 4 ta), ulardagi tasvirning va kerakli rakursdan olingan kadrlarning etishmasligi ko‘rsatilgan edi.

Tecno

O‘zbekiston futbol hakamlari uchrashuvlardagi hakamlik sifatini oshirish, xatolar sonini kamaytirish hamda kameralar bilan bog‘liq mavjud ushbu muammoni hal qilish maqsadida «Sport TV» telekanali bilan hamkorlikda yangi, 2024 yilgi mavsum Superliga bahslari hamda VAR ishlovchi uchrashuvlarni qo‘shimcha kameralar bilan o‘tkazishini e’lon qiladi. Superliga 1-turi doirasidagi hozir davom etayotgan «Bunyodkor» – «Qizilqum» uchrashuvida 6 ta kamera ishlamoqda.

Markaz mavsum davomida barcha uchrashuvlardagi hakamlik va tasvirlar darajasining mana shunday sifatli o‘tishini ta’minlashga harakat qiladi.

O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!