
Yana ikki futbolchimiz Singapurga qarshi o‘yinda jarohat olgan
O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Singapurga qarshi o‘yinda maydonga tushib, yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Terma jamoamiz bosh shifokori Abror Pirrievning ma’lum qilishicha, ushbu bahsda yarim himoyachi Odil Ahmedov va himoyachi Islom Qobilov ham jarohat olgan.
"Kechagi bahsda Erkinov va Aliqulovdan tashqari Odil Ahmedov hamda Islom Qobilovda ham kichik jarohat kuzatildi. Singapurga qarshi o‘ynaganlar va jarohati borlar bugungi mashg‘ulotlarda qatnashmayapti. O‘yinga yaqin qolganda ularning holatiga qarab o‘ynash yoki o‘ynamasligi aniq bo‘ladi", -dedi Pirriev O‘FA matbuot xizmatiga beragn intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi bahsda Yamanga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar