
Yana bir zo‘r Dembele bor!
Bugungi kunda Dembele deganda hammaning ko‘z o‘ngiga “Barselona” vakili Usmon gavdalanadi. Biroq, uning familiyadoshi – “Lion” hujumchisi Mussa Dembele ham katta sahnaga chiqa boshladi.
25 yoshli futbolchi 2018 yildan beri “Lion” safida mehnat qilib kelmoqda. Orada bir muddat “Atletiko”da o‘ynadi, lekin Ispaniya chempionatida o‘ziga joy topa olmadi.
Endi bu futbolchini Angliya premer-ligasining bir necha klublari talashmoqda. Xususan, “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” va “Arsenal” yozda uni o‘z safiga qo‘shib olish harakatiga tushib qolgan.
Dembele uchun Britaniya futboli begona emas. U avval “Fulxem” va “Seltik” safida to‘p tepgan. Yakunlangan mavsumda ham frantsiyalik hujumchi ancha sermahsul o‘yin ko‘rsatdi.
Mussa barcha turnirlarda 36 marta maydonga tushib, 22 ta gol va beshta assist muallifi sifatida qayd etildi. Uning transferi 17 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar