
Yana bir yulduz Saudiyaga borishdan bosh tortdi
O‘tgan yili dekabrda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni vakili “An-nasr”ga kshchib o‘tganidan keyin Evropa yulduzlarining Osiyoga yo‘li ochildi.
Ayniqsa, yozgi transferlar vaqtida o‘nlab nomdor o‘yinchilar arab klublari bilan katta shartnomalarni imzoladi.
Biroq, saudiyaliklar tikayotgan pullarga qaramayotgan o‘yinchilar ham bor. Keyingi paytda ishlari yurimay qolgan Pol Pogba shayxlar taklifini qabul qilmadi.
Football Italia nashrining yozishicha, frantsiyalik yarim himoyachiga “Al-Ahli” va “Al-Ittihod” jiddiy qiziqish bildiryapti. Biroq, Pogba “Yuventus”da qolishini ta’kidladi.
Saudiya Arabistonida transfer bozori 7 sentyabrga qadar davom etadi.
Fikrlar