Yana bir yulduz “Real”dan ketmoqchi. Uni uchta grand chaqiryapti

  • 19 fevral, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning frantsiyalik legioneri Eduardo Kamavinga faoliyatida kelasi mavsum oldidan jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Fichajes nashri 22 yoshli yarim himoyachi yozda jamoasini alishtirish ehtimoli borligini yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchiga PSJ, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” jiddiy qiziqyapti.

Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 19 marotaba maydonga to‘shib, bitta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt ekspertlari madridliklar bilan 2029 yilning iyunigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchining transfer summasi 80 million evro ekanini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!