
Yana bir vakilamiz oltin medal uchun kurashadi
Ayni kunlarda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tyapti.
57 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O‘ktamova filippinlik Riza Pasuitga qarshi jang qildi. Ishonchli tarzda harakat qilgan hamyurtimiz yakunda 5-0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Navbahor Hamidova va qozog‘istonlik Milana Safronova to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar