Yan Oblak Onananing o‘rnini egallashi mumkin

  • 8 iyul, 2023, 16:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oblak faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, sloveniyalik darvozabon yozda "Atletiko"ni tark etishi mumkin. Darvozabonga Milanning "Inter" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Neradzurrilar" Oblakni tez orada "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaydigan Andre Onan o‘rniga taklif qilishlari mumkin. Sloveniyalikning transferi Italiya jamoasiga 50-70 million evroga tushishi mumkin. Yanning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Oblak 2014 yilning yozidan buyon "matraschilar"da o‘ynab kelmoqda. Ispaniya chempionati yakunlangan mavsumida 30 yoshli darvozabon 28 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol o‘tkazib yubordi. 13 o‘yinda u o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!