Yamal yoki Vini? Aguero javob berdi

  • 26 oktabr, 2024, 16:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Faoliyatini yakunlagan Serxio Aguero "Real" va "Barsa"ning asosiy yulduzlari hisoblangan Vinisius va Yamal haqida o‘z fikrini bildirdi. 
 
"O‘yin uslubi bo‘yicha, iste’dod haqida gapiradigan bo‘lsak, Lamin Vinisiusga qaraganda ko‘proq narsaga ega. Garchi Vini ko‘proq tajribaga ega va ko‘proq unvonlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsada. Braziliyalik vinger dunyodagi kuchli uchlikdan biri, lekin yoshi va iste’dodi tufayli men Laminni afzal ko‘raman" - deya javob berdi argentinalik sobiq hujumchi. 

Tecno

Vinisius bu mavsum barcha chempionatlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobida yozdirib qo‘ygan. Lamin esa bu mavsum "Barselona" safida 13 ta o‘yinda harakat qilib, 5 ta gol 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kun Aguero sog‘lig‘idagi muammolar sababli 2 yil avval faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!