
Yamal Vinisiusni ortda qoldirdi
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining yosh vingeri Lamin Yamal ushbu mavsum La Ligada eng ko‘p muvaffaqiyatli dribbling amalga oshirgan futbolchiga aylandi.
Hujumchi "Malorka"ga qarshi bahsda raqiblarini 5 marotaba aldab o‘tdi. Shundan so‘ng Yamal chempionatdagi dribblinglar sonini 40 taga etkazib qo‘ydi va bu borada "Real Madrid" a’zosi Vinisiusni (38) ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Ma’lumot uchun, vinger "Malorka" bilan to‘qnashuvda bitta assistni amalga oshirdi va uning harakatlari 7,6 ballga baholandi.
Fikrlar