
Yamal Messiga o‘xshaydimi? Deku javob berdi
"Barselona" klubining sport direktori Deku jamoa hujumchisi Lamin Yamal hamda jamoa afsonasi Lionel Messi o‘rtasidagi o‘xshashlik va ularni o‘zaro taqqoslash haqida gapirdi.
“Har kimning o‘z hikoyasi bor va shu sababli ularni taqqoslash o‘rinsiz. Lekin men bu taqqoslashlarni tushunaman. Futbolda hamisha shunday bo‘lgan. Qilish mumkin bo‘lmagan narsa amalga oshiriladi. Taqqoslash kerak bo‘lmaganlar solishtiriladi. Yamal - noyob futbolchi. U Messiga faqat shu jamoada ("Barselona") o‘ynayotgani va erta rivojlanganligi bilan o‘xshab ketadi. Menimcha, Yamalga uni Messi bilan solishtirishlari jiddiy muammo bo‘lmaydi. Aksincha, bu faxrlanish uchun sababdir. Bu yaxshi yoki yomon bo‘lishi uning o‘ziga bog‘liq", - dedi portugaliyalik sobiq futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 17 yoshli Lamin Yamal joriy yil Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi. U bu mavsum "Barselona" safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar