
Xummelsning bu ishini hali birorta germaniyalik qila olmagan!
Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan PSJ - "Borussiya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Parijliklarda bir qancha yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa ham, 50-daqiqada Xummels boshi bilan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Dortmund klubi faxriysi germaniyalik futbolchilar orasida EChLning pley-off bosqichida gol urgan eng yoshi katta futbolchisiga aylandi - 35 yoshu 143 kunnlik.
Shu tariqa, "Borussiya" so‘nggi 11 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar