
Xose Kalexon koronavirusni engib o‘tdi
“Fiorentina” yarim himoyachisi Xose Kalexonning koronavirusga qarshi topshirgan testi nihoyat manfiy natija bergan.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi ertadan jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Kalexonda koronavirus 7 noyabr kuni “Parma”ga qarshi o‘yindan oldin topshirgan testida aniqlangan edi. O‘shanda Xosedan tashqari klub bosh direktori Jo Baron va murabbiylar shtabi vakilida ham Covid-19 aniqlangan edi. Ularning barchasi ertaga karantindan chiqadi.
33 yoshli Kalexon “Fiorentina” safiga shu yoz “Napoli”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar