
Xorvatiyadan tarixiy natija
Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati 3-o‘rin uchun bahsda g‘alaba qozondi. Dalich boshchiligidagi jamoa 3-o‘rin uchun bahsda Marokashni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Shaxmatchilar" tarkibida Gvardiol hamda Orshich gol urgan bo‘lsa, Marokash safida yagona gol Dari tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Xorvatiya o‘z tarixida ikkinchi bor bronza medaliga ega chiqdi. Bunga qadar ular 1998 yilda o‘tkazilgan mundialda ushbu natijaga erishgan. Shuningdek, ular 2018 yildagi mundial kumush medali sohibi hisoblanadi.
Fikrlar