
Xo‘rlangan Ronaldu yoxud Krishtianu "Oltin to‘p" uchun 0 ovoz oldi
Hafta boshida “Oltin to‘p” “Real” hujumchisi Karim Benzemaga topshirildi. “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronalduga kelsak, u ovoz berishda bor-yo‘g‘i 20-o‘rinni egalladi. Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik umuman ovoz olmagan 11 nafar futbolchi ro‘yxatidan joy olgan. Ronaldu faqat oldingi xizmatlari uchun 20-o‘rinni egallagan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxatida 30 nafar futbolchi bor edi. Xabaringiz bor, Lionel Messi bu ro‘yxatga kiritilmadi.
Krishtianu Ronaldu qiyin davrni boshdan kechirmoqda. "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda "xo‘rlangan" ("Goal.com" Ronaldu uchun ovoz berish natijalarini shunday ta’riflaydi) portugaliyalik futbolchi yaqinda zaxira o‘rindig‘idan echinish xonasiga erta yo‘l olgani uchun "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasidan chetlatilgan edi.
Fikrlar