Xorazmda "Viloyat hokimi kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi

  • 5 aprel, 2019, 15:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish, futbol ommaviyligini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xorazm viloyati Urganch shahrida futbol bo‘yicha "Viloyat hokimi Kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jami 8ta jamoa 3 guruhga bo‘lingan holda kurash olib bordi.

Bular "Bog‘ot", "Akademiya 2001", "Urdu", "Olimpiya zaxiralari kolleji", "Xiva", "Yoshlik" va "Akademiya 2002" jamoalari. Qizg‘in kechgan kurashlar natijasida "Yoshlik" jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan Kubok va medallar topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!