Xoland Messini ortda qoldirib, Ronalduga etib oldi

  • 2 sentabr, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” safidagi debyut mavsumida Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Erling Xoland individual sovrinlarni ham qabul qilib olmoqda.

Tecno

23 yoshli futbolchi bir necha tashkilotlar tomonidan o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Kuni kecha UEFA unga Evropaning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni topshirdi. Bungacha norvegiyalik to‘purar Angliya futbol jurnalistlari uyushmasi hamja Professional futbolchilar uyushmasi tomonidan ham mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi, deb e’tirof etilgan.

Bir mavsumda individual sovrinlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha Erling Xoland Lionel Messi va Kevin de Bryuyneni ortda qoldirdi.

Bungacha mavsumda eng ko‘p shaxsiy yutuqqa 2008 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu erishgan edi. “Siti” to‘purari uning natijasini takrorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!