Xoland: Gvardiola telbaroq ekan!
“Manchester Siti” safida debyut uchrashuvida gol urgan Erling Xoland jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi.
- Gvardiola sal telbaroq va bu menga yoqyapti. Bu juda qiziqarli ko‘rinadi. Klubga kelganimga bir hafta bo‘ldi va hali ko‘p gapira olmayman. Men yaxshi mashq qildim, oldimdagi sinovlarga tayyorman, - dedi norvegiyalik hujumchi.
“Manchester Siti” AQShning Grin-Bey shahridagi “Lembo Fild” stadionida o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida “Bavariya”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Bundesliga chempioni darvozasiga kiritilgan yagona gol muallifi Erling Xoland bo‘ldi.



Fikrlar