
Xoland darvozani “ilma-teshik” qilib tashlayapti
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida Erling Xoland “Fulxem” darvozasini uch marotaba aniq nishonga oldi.
Bu norvegiyalik to‘purarning o‘tgan yili yozda Angliyaga kelganidan beri oltinchi xet-triki bo‘ldi.
Bungacha 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda “Kristal Pelas”, “Nottingem Forest”, “Manchester Yunayted”, “Vulverxempton” va “Byornli” darvozasilariga uchtadan to‘p kiritgan.
Xoland joriy mavsumning to‘rtta uchrashuvidagi gollari sonini oltitaga etkazib oldi. O‘tgan mavsumda Premer-ligada 36 ta to‘p kiritgan Erling bir mavsumda ko‘p gol urish bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatgandi.
Bu mavsum norvegiyalik goleador o‘z natijasini yaxshilashga harakat qiladi.
Fikrlar