Xokkey. "Humo" safardagi ilk o‘yinda "Beybaris"ni mag‘lubiyatga uchratdi va final sari dadil qadam tashladi!

  • 16 mart, 2023, 22:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Bugun Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozog‘iston Pro-ligasi yarim final bosqichi doirasida “Beybaris”ga qarshi 3-o‘yinini o‘tkazdi.

Tecno

Qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy kechgan ushbu o‘yin overtaymlarga qadar davom etdi. Yakunda esa “qanotlilar” 2:3 hisobida g‘alabani tantana qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Humo” o‘tgan hafta Toshkentda “Beybaris”ga qarshi 2 ta o‘yin o‘tkazgan va ularning bittasida g‘alaba qozongan, yana birida esa mag‘lub bo‘lgan edi.

23_2

Eslatib o‘tamiz, ertaga 17 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da "Beybaris" va "Humo" jamoalari o‘rtasidagi to‘rtinchi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!