
Xokkey. "Humo" ikkinchi uchrashuvda "Torpedo" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Toshkentning “Humo” xokkey klubi bugun Qozog‘iston Pro-ligasining navbatdagi turida o‘z maydonida musobaqa autsayderlaridan biri hisoblangan “Torpedo”ga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 6:1 hisobida “qanotlilar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Humo” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 34 taga etkazib oldi va musobaqa jadvalidagi 2-o‘rnini saqlab qoldi. “Torpedo” esa 14 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha ushbu jamoalar o‘rtasida dastlabki o‘yinda ham "Humo"ning qo‘li baland kelgan edi - 4:3.
Fikrlar