Xokkey. "Humo" - finalda!

  • 22 mart, 2023, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Qozog‘iston Pro-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan Toshkentning “Humo” xokkey klubi kecha o‘z maydonida “Beybaris”ga qarshi yarim finalning 5-o‘yinini o‘tkazdi.

Tecno

Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:1 hisobida “qanotlilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa umumiy 4:1 hisobida zafar quchgan “Humo” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi “qanotlilar” finalda “Nomad” jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Finalning ilk uchrashuvlari 2-3 aprel kunlari Toshkentda bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!