"Xo‘jand" - "Nasaf": Taym so‘ngida hisobdagi farq 3 taga etdi! (matnli translyatsiya)

  • 17 may, 2021, 21:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! OFK Kubogi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Xo‘jand" bahsiga xush kelibsiz. O‘yinni saytimiz orqali matnli ko‘rinishda kuzatib borishingiz mumkin.

Tecno

42' Sherzod Nasrullaevning chap qanotdan oshirib bergan to‘pini Husniddin Aliqulov xo‘jandliklar darvozasiga koylab qo‘ydi!

39' "Nasaf" raqibini o‘z jarima maydonchasi ichiga qamab qo‘ydi. Pozitsion hujum orqali raqib xatosi poylanyapti.

38' "Xo‘jand" qarshi hujumda o‘ta xavfli ekan. Kichik xatodan ham unumli foydalanishmoqda.

37' Stanoevichning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

36' O‘ng qanotdan uyushtirilgan hujum o‘xshamadi, raqiblarimiz qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin edi, himoyachilar yaxshi harakat qildi.

35' Orqa chiziqda vakillarimiz darvozabon bilan o‘ynamoqda.

33' Nasrulloev qoidani buzishga majbur bo‘ldi, aks holda Chakalov birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi.

31Abduvohid Ne’matov jarima maydonchasi chizig‘i ustidan so‘nggi himoyachi sifatida to‘pni boshi bilan uzoqlashtirdi, yaxshiyamki bo‘sh qolgan darvozaga "Xo‘jand" vakili to‘pni to‘g‘ri tarzda yo‘llay olmadi...

30' "Nasaf" pressingni boshlab yubordi. Raqib ham ancha jonlandi.

28' Vaziyatlardan unumli foydalanish jihatidan raqiblarimiz bizdan ustun, sababi, ular kam hujum uyushtirishmoqda.

25' "Nasaf" futbolchisiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi.

23' Buyog‘iga "Nasaf" engil tarzda nazoratni qo‘lga oladi. Uzatmalar soni ko‘p va aniq, to‘p faqat raqib yarim maydonida turib qolmoqda.

22' Aliqulovning uzatmasini bu safar Mozgovoy darvozaga to‘g‘irlay olmadi. Pozitsion hujum davom etadi.

19' "Nasaf"ning ikkala qanoti ham bugun faol harakat qilmoqda.

16' O‘yin nazorati vakillarimiz tomonda. To‘p uchun kurash anchayin qizg‘in kechmoqda.

14' Hujumda fol. To‘p raqiblarimizga qaytdi. 

12'  Abduvohid Ne’matov "Nasaf"ni muqarrar goldan saqlab qoldi! Ajoyib seyv!

9' GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Akmal Mozgovoy qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi! Hisob ochildi: 0-1!

8' Burchakdan to‘pni vakillarimiz o‘yinga kiritib beradi.

7' Vakillarimiz mayda uzatmalar orqali raqib jarima maydonchasiga yorib kirishdi ammo raqib himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.

2' Husayn Norchaev raqib darvozasini nishonga olishga harakat qildi, biroz noaniq.

1'  Uchrashuv boshlandi!

0' Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!