Xitoy futboli rahbariyati futbolchilarning maoshini cheklab qo‘ydi. Endi Ahmedov ham 3 mln evrodan ko‘p maosh olmaydi

  • 25 dekabr, 2019, 18:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy futbol assotsiatsiyasi 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakat Superligasida to‘p suruvchi futbolchilarning maoshiga chegara belgilab qo‘ydi.

Tecno

Unga ko‘ra legionerlarning yillik maoshi soliqlardan tashqari hisoblaganda 3 mln evrodan ortmasligi lozim. Biroq, ushbu mablag‘ga futbolchilarning bonusi kiritilmagan.

Mahalliy futbolchilar esa 1,29 mln evrodan ko‘p maosh olishi mumkin emas. Biroq, agar ular Xitoy terma jamoasi a’zosi bo‘lishsa, ularga yana 20% ustama qo‘shib berilishi mumkin.

21 yoshgacha bo‘lgan yosh futbolchilarga esa 39 ming evrodan ko‘p to‘lanmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!