
Xet-trik qirollari!
Angliya Premer-ligasida bir uchrashuvda raqib darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilish juda qiyin. Lekin ayrim futbolchilar jahonning eng murakkab ligasida uchtadan jamoada xet-trikka erishishni uddalagan.
Ular bilan tanishamiz:
Teddi Sheringem «Tottenxem», «Manchester Yunayted» va «Portsmut» jamoalari safida raqiblar darvozasiga bir o‘yinda uchtadan gol urishni uddalagan.
Les Ferdinand «Kuinz Park Reyndjers», «Nyukasl Yunayted» va «Tottenxem»da xet-trik qilgan va jami 149 ta gol muallifi bo‘lgan.
Kevin Kempbell «Arsenal», «Nottingem Forest» va «Everton» muxlislari uning xet-triklarini unutgani yo‘q.
Nikolya Anelka «Arsenal», «Manchester Siti» va «Chelsi» kabi grand klublarda o‘ynagan frantsiyalik yulduch muxlislarini xet-triklar bilan xursand qilgan.
Yakubu «Blekbern», «Everton» va «Portsmut» jamoalari safida bir uchrashuvda uchtadan gol ura olgan. Nigeriyalik hujumchi Angliya Premer-ligasida uchta jamoada xet-trikka erishgan yagona afrikalik futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar