Xet-trik qilgan 19 yoshli futbolchini 8 grand talasha boshladi

  • 11 dekabr, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing kuchli klublaridan hisoblangan “Leyptsig”ning 19 yoshli futbolchi Yan Diomande Germaniya chempionatining 13-turida uchta gol urganidan keyin bozori birdan qaynay boshladi.

Tecno

“Leyptsig” o‘tgan turda “Ayntraxt”ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi va gollarning teng yarmini Diomande kiritdi.

Taniqli jurnalist Ekrema Konurning ma’lum qilishicha, bu o‘yinchini “Liverpul” va “Manchester Siti” anchadan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda.

Endi bu o‘yinchiga da’vogarlar qatoriga Angliyaning “Arsenal” va “Chelsi”, Germaniyaning “Bavariya”, Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen”, Ispaniyaning “Barselona” va “Real” kabi grandlari qo‘shildi.

Joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda ettita gol va to‘rtta assist muallifi bo‘lgan iqtidorli o‘yinchi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 20 million evroga baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!