
Xayr “Barsa”! Neymar umuman boshqa klubga yo‘l olmoqda
PSJ hujumchisi Neymar sobiq jamoasi “Barselona”ga o‘tishi kutilgandi. Biroq kutilmaganda vaziyat keskin o‘zgarib ketdi.
Kataloniyaliklar qimmatbaho o‘yinchini bepul qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. Ular Neymar parijliklar bilan shartnomani bekor qilishini istagan edi. Bundan tashqari, “Barselona” hujumchiga kutilganidan ancha past maosh taklif qildi.
RMC Sport nashrining ma’lum qilishicha,Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi PSJ mutasaddilarini 31 yoshli braziliyalik futbolchi transferiga ko‘ndirgan.
Neymarning o‘zi ham Evropaning qator yulduzlaridan ortidan Arabistonga borishga qarshi emas. “Al-Hilol” braziliyalik hujumchining rasmiy javobini kutmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Neymar baribir Saudiya variantini tanlaydi.
Neymarning PSJ bilan shartnomani 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Lekin bosh murabbiy Luis Enrike va sport direktori Lukash Kampush bilan so‘nggi suhbatdan keyin hujumchi boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘ldi.
Fikrlar