
Xavining fikri o‘zgardi
“Barselona” bosh murabbiyi Xav Ernandes asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegen borasida fikrini o‘zgartirdi. Avvaliga uni sotib yuborishni rejalashtirgan ispaniyalik mutaxassis endi uni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Xavi qiyin o‘tayotgan mavsumda tajribali posbonning yordami muhim ekaniga ishonmoqda.
Germaniya terma jamoasi darvozaboniga yaqinda “Bavariya” qiziqish bildirgandi. Ter Shtegenning o‘zi ham kataloniyaliklar PSJda janubiy amerikaliklar bosimi ostida qolgan Janluiji Donnarumma bilan muzokara qilganidan xabar topib, “Barselona”dan ketish istagi paydo bo‘lganini aytgan.
29 yoshli darvozabon 2014 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.
U joriy mavsumda jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan oltitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar