
Xavi yangi reja tuzdi
Xavi “Barselona” tarkibini yoshartirish siyosatini ham davom ettiradi. Ayni paytda ispaniyalik mutaxassis jamoada anchadan beri o‘ynayotgan Jordi Albaga munosib o‘rinbosar topishi kerak.
32 yoshli Albaning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va shundan so‘ng hamkorlik to‘xtatiladi.
Xavi Albaning o‘rniga “Chelsi” asosiy tarkibiga kirishga qiynalayotgan Markos Alonsoni olib kelmoqchi. 2016 yildan beri “aristokratlar” jamoasida to‘p tepayotgan ispaniyalik himoyachi ichki raqobda Ben Chiluellga yutqazib qo‘ymoqda va asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazyapti.
Markos Alonsoning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klublar taklifini ko‘rib chiqishga rozi.
Fikrlar