Xavi yana bir yulduzdan voz kechdi

  • 19 avgust, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni chempionga aylantirgan Xavi Ernandes tarkibni tozalash ishlarini davom ettirmoqda. Bu gal kataloniyaliklar tajribali himoyachi Markos Alonsoni sotib yuboradigan bo‘lyapti.

Tecno

The Athletic nashrining yozishicha, klub mutasaddilari ispaniyalik futbolchi bo‘yicha tushadigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

Alonso Kataloniyaga 2022 yili “Chelsi”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgandi. Xavi Ernandes chap qanot himoyasida o‘zi eng yoqtirgan futbolchi Alexandro Baldeni  o‘ynatmoqchi.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar “Manchester Siti”dan transfer qilayotgan Joau Kanselu ham chap qanot himoyasida ishonchli harakat qila oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!