
Xavi Obameyangni "Barsa"ga qaytarmoqchi
"Chelsi" futbolchisi Obameyang "Barselona"ga qaytishi mumkin. Uning klubdagi kelajagi aniq bo‘lib bormoqda, ya’ni yozda boshqa jamoaga o‘tadi. Xavi esa ikkinchi raqamli hujumchi qidirmoqda va variantlar orasida gabonlik ham bor.
"Mundo Deportivo" nashri xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis Obameyangni orqaga qaytishini istaydi. Futbolchining o‘zi ham bunga qarshi emas. Obameyang La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "el-klasiko"da stadionga tashrif buyurib, kataloniyaliklarni qo‘llab-quvvatladi.
33 yoshli hujumchi uchun ushbu mavsum yomon o‘tmoqda. U o‘tgan yozda "Barsa"dan London klubiga 12 million evro evaziga kelib qo‘shilgandi. Jamoaning o‘sha vaqtdagi murabbiyi Tomas Tuxel o‘z ishidan ozod qilinganidan keyin futbolchining o‘yin amaliyoti keskin kamayib ketdi.
Fikrlar