
Xavi manchesterliklar “Barsa” yulduzini olib bersa, jamoani boshqarishga rozilik berdi
“Manchester Yunayted” ayni paytda niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rniga boshqa mutaxassis qidirmoqda.
Klub mutasaddilari bir necha murabbiy bilan muzokara olib boryapti. Ular orasida “Barselona”ni tark etganidan beri ishsiz yurgan Xavi Ernandes ham bor.
Transfer News Live hamda Fichajes kabi manbalarning ma’lum qilishicha, 44 yoshli mutaxassis “Manchester Yunayted”ni boshqarishga tayyor ekanini bildirgan.
Biroq buning uchun manchesterliklar Xaviga “Barselona”da porlayotgan braziliyalik hujumkor futbolchi Rafinyani olib kelib berishni talab qilgan.
27 yoshli o‘yinchi Kataloniyaga aynan Xavi “Barselona”ni boshqargan vaqtda “Lids”dan taklif qilingan edi.
Fikrlar
Uyini pasayganda ketsa keraksizdek ketadi