
Xavi: “Barsa” unga qaram emas!
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa yarim himoyachisi Pedri haqida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.
- Pedri zo‘r o‘yinchi va uni maqtab zerikmaysiz. Bu yigit har qanday vaziyatni o‘zgartirib yuboradi. “Levanta” darvozasiga ajoyib gol urdi. Lekin “Barselona” unga qaram emas.
Jamoamizda undan muhim o‘yinchilar bor, - dedi Xavi.
Pedri joriy mavsumda La Ligada 12 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar