
Xavfsizlik kafolatlanmaguncha Qatarga qaytmayman!
Rahim Sterling uyida sodir etilgan qurolli bosqinchilik tufayli Qatardagi jahon chempionatini tashlab, Angliyaga qaytib kelgan edi.
Bosqich uyushtirilgan paytda futbolchining oilasi uyda bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, ularga hech qanday ziyon etmagan.
Shunga qaramay, Rahim Sterling xavf to‘liq bartaraf etilmagunicha Qatarga qayta olmasligini ma’lum qilgan.
- Oilam xavfsizligi 100 foiz ta’minlanmagunicha, men hech qaerga ketmayman, - dedi Rahim Sterling.
Angliya terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettirmoqda.
Fikrlar