
Xarri Keyn: "Ronaldu eng yaxshi hujumchidir"
Angliya milliy terma jamoasi va Germaniyaning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn Krishtianu Ronalduni 30 yoshdan oshgan eng yaxshi futbolchi deb atadi.
Forvard mahsus so‘rovnomada ishtirok etdi va o‘yinchilarni ma’lum xususiyatlar bilan alohida e’tirof etdi.
Keyning fikricha, Krishtianu Ronaldu o‘ttiz yoshdan baland bo‘lgan eng yaxshi futbolchi deb tanlandi. Angliyalik futbolchi o‘zini ayni kunlardagi eng yaxshi hujumchi, Kevin de Bryuyneni esa, eng yaxshi pleymeyker deb atadi.
Ingliz futbolchisi eng yaxshi yosh futbolchi sifatida Lamin Yamalni alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lsa, Niderlandiyani jismonan eng kuchli terma jamoa sifatida bilishini aytdi.
Qaysi afsonani yashil maydonga qaytishini istar edingiz degan savolga javoban u Zinedin Zidan deb gapirib o‘tdi. Angliya milliy terma jamoasi sardori shuningdek, Jamal Musialani texnikasi bo‘yicha, Kayl Uokerni esa, tezkorligi bo‘yicha tengsiz deb xisoblaydi.
Fikrlar