Xarri Keyn: "Chempion bo‘lishni istasak, eng kuchlilarni mag‘lub etishimiz kerak"

  • 5 dekabr, 2022, 13:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn chorak finalda Frantsiyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Hujumchi sifatida men uchun gol urish eng yaxshi tuyg‘u. Bu nihoyat amalga oshgani ajoyib. Jamoamizda har kim gol urishi mumkin. Bu narsa juda muhim. Golning ahamiyati yuqori bo‘lishi mumkin. Biroq jamoaning g‘alabasi ikki karra muhimroq.

Senegalga qarshi o‘yin oson o‘tgani yo‘q. Ayniqsa, birinchi taymning ilk qismi og‘ir kechdi. Raqib jipslashgan holda yaxshi harakat qildi. Shunga qaramay, biz ham munosib o‘yin namoyish etdik. 

Frantsiya bilan uchrashuv qiyin bo‘ladi. Ular jahon chempionlari. Lekin mundialda g‘olib bo‘lishni istasak, eng kuchlilarni mag‘lub etishimiz kerak. Frantsiya shu termalarning asosiysi sanaladi", - dedi hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!