
Xanchjou-2022. Qilichbozlik bo‘yicha erkaklar jamoamiz nimchorak finalda Gongkongga mag‘lub bo‘ldi
Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Qilichbozlik bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy dasturda hamyurtlarimiz nimchorak final bosqichida ishtirok etdi. Gongkong termasiga qarshi kechgan bahsda vakillarimiz 31:45 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bundan oldingi bahsda qilichbozlarimiz Qirg‘iz Respublikasi ustidan 45:35 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar