Xanchjou-2022. Hamyurtlarimiz ishtirokidagi barcha bellashuvlardan onlayn natijalar. LIVE!

BEPUL PROPAN

Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Quyida barcha sport turlaridan onlayn natijalarni e’tiboringizga havola etib boramiz.

Natijalardan onlayn xabardor bo‘lish uchun sahifani yangilab turing!

12:25. Qilichbozlik. Erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy dasturda hamyurtlarimiz nimchorak final bosqichida ishtirok etdi. Gongkong termasiga qarshi kechgan bahsda vakillarimiz 31:45 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

12:35. Sport gimnastikasi. Asadbek A’zamov medallar uchun kurashda 6-o‘rin bilan cheklandi. Oltin medal yaponiyalik Tanigava Vataru, kumush eronlik Mahdi Olfati hamda bronza malayziyalik Muhammad Sharulga nasib etdi.

12:43. Boks. -80kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To‘rabek Habibullaev Saudiya Arabistoni vakili Muhammad Ahmadga qarshi jang qildi va 1-raunddayoq jang taqdirini hal qilgan holda, muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi!

photo_2023-09-29_13-03-38

13:45 Boks. -92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullajonov kutilmaganda mezbon xitoylik Xan Xuejenga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va chorak finalda o‘z yurishini yakunladi.

14:30 Gandbol. Ayollar o‘rtasida guruh bosqichidan o‘rin olgan Tailand - O‘zbekiston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan bahsda terma jamoamiz 40:28 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayollar terma jamoamiz birinchi uchrashuvda Janubiy Koreyaga 42:16, Qozog‘istonga 37:33 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Uchinchi bellashuvda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi zafar quchdi.

Bu guruh bosqichidagi oxirgi o‘yinimiz edi. Afsuski, hamyurtlarimiz pley offga chiqa olmay, Osiyo o‘yinlarini guruh bosqichida yakunlashdi.

IMG_20230927_154635

15:40. Qilichbozlik. Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida ilk bor finalga yo‘l olgandi. Singapur va Xitoy mag‘lub etilgandan so‘ng oldinda Yaponiyaga qarshi muhim bahs bo‘lib o‘tdi. Shiddatli ruhda kechgan bellashuvlarda terma jamoamiz yakuniy 45-42 hisobida g‘alaba qozonib, tarixiy g‘alaba va oltin medallarga ega chiqdi.

Bu qilichbozlik sportida Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal.

photo_2023-09-29_09-02-00

16:30. Engil atletika. 400 metrga yugurish bahslarida Laylo Allaberganova o‘zi ishtirok etgan guruhda 55.01 natija bilan uchinchi bo‘lib marraga etib keldi. Bu natija orqali hamyurtimiz finalga yo‘l oldi. 

photo_2023-09-29_16-57-26

17:15. 3x3 Basketbol. bu sport turi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi mezbon Xitoy bilan kuch sinashdi. Bellashuvda musobaqa favoriti sanalgan Xitoy vakillarimizni 21:4 hisobida engdi.

17:30. Kibersport. "DOTA" o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston vakillari Mo‘g‘uliston bilan kuch sinashdi. Ammo hamyurtlarimiz 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Endi kibersportchilarimiz bugun Mnmarga qarshi o‘yin o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!