
Xamzat Chimaevmi yoki Dyu Plessi? UFC sobiq chempioni javob berdi
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sexudo chechenistonlik Xamzat Chimaev (14-0) va amaldagi chempion Drikus dyu Plessi (23-2) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Shaxsan men dyu Plessi Chimaevni mag‘lub etadi, deb o‘ylayman. Janubiy afrikalikning chidamliligiga qarang, ayniqsa oxirgi jangda. Men uni UFC da kardio bo‘yicha kuchli uchlikka kiritmoqchiman. Chunki beshinchi raundda ("UFC 312" da) Drikus yana besh raundni o‘tkazishga tayyordek tuyuldi. Bu yigit o‘rta vazndagi har bir jangchi uchun katta muammo bo‘ladi" - dedi Sexudo "Pound 4 Pound" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi oxirgi jangida Shon Striklend ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Fikrlar