Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi yilning eng yaxshilari nomini e’lon qildi

  • 26 oktabr, 2019, 23:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Germaniyaning Bonn shahrida Paralimpiya harakatining 30 yilliga bag‘ishlangan bayram bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi 2019 yilgi Paralimpiya Sport va Media sovrini egalarini e’lon qildi.

Tecno

Tadbir yakunida 2018 yilgi Qishki Paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etgan ishtirokchilar 9 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.

Pxyonchxan-2018 Qishki Paralimpiada 4 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan slovakiyalik chang‘ichi Genrieta Farkashova yilning eng yaxshi ayol para sportchisi deya e’tirof etildi.

Yilning eng yaxshi erkak para sportchisi sovrini fransiyalik chang‘ichi Benjamin Davietga berildi. U o‘tgan yilgi Qishki Paralimpiya o‘yinlarida 3 ta oltin va 2 ta kumush medallariga sazovor bo‘lgandi.

Eng yaxshi ayol para sportchi: Genrieta Farkasova (Slovakiya)

Eng yaxshi erkak para sportchi: Benjamin Daviet (Frantsiya)

Eng yaxshi debyut: Jiakomo Bertagnolli (Italiya)

Eng yaxshi jamoa: Kyorling bo‘yicha Xitoy terma jamoasi

Eng yaxshi hakam: Len Apedaile

Jasorat sovrini: Elaxe Goli Fallax (Eron)

Eng yaxshi jurnalist: Bet Rouz - BBC Ouch (Buyuk Britaniya)

Eng yaxshi translyatsiya: Ukraina Paralimpiya qo‘mitasi

Eng yaxshi fotosuratchi: Matilda Dusol (Gollandiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!