
"Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Buxoro shahrida "Grassroots" futbol festivali o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi "Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-115-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" hamda OFKning "Ommaviy futbol kuni" munosabati bilan "Umid" sport majmuasi maydonida o‘rta umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida "Grassroots" futbol festivali o‘tkazildi.
Dastlab yosh o‘quvchi o‘g‘il-qizlar guruhlarga bo‘linib, murabbiylar qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borishdi. Bolalarga futbol o‘ynashning asosiy texnik elementlari yuzasidan ko‘nikmalar berildi.
Tadbir yakunida bolajonlarga sertifikat va esdalik sovg‘alari hamda muzqaymoqlar topshirildi.
1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Buxoro shahrida o‘tkazilgan "Grassroots" futbol festivali jarayonidan tayyorlangan videolavhani quyida tomosha qilishingiz mumkin!
Manba: Buxoro Futbol Assotsiatsiyasi
Fikrlar