Xadson-Odoi uchun kurashga "Barselona" ham qo‘shildi

  • 29 mart, 2019, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Chelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar 18 yoshli angliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Xadson-Odoi uchun shuningdek "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Manchester Yunayted", "Liverpul", PSJ va "Yuventus" kabi jamoalardan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi joriy mavsum “aristokratlar” safida 19ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!