
Xadson-Odoi "Chelsi"dan nega ketmoqchi?
"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi APL restartidan keyin bir soatdan kamroq maydonda harakat qilgan xolos. Shu bois u joriy mavsumlar oralig‘idayoq “aristokratlar” safidan ketmoqchi.
Gap shundaki, Xadson-Odoi zaxirada qolib ketib Angliya terma jamoasining “Evro-2020” va “JCh-2022” tarkibiga kira olmaslikdan cho‘chimoqda.
Xadson-Odoi joriy mavsum “Chelsi” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar