Xabib Nurmagomedov o‘zining eng sevimli TOP3 jangchisini aytdi

  • 16 sentabr, 20:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik MMA ustasi Xabib Nurmagomedov o‘zining eng sevimli MMA jangchilarini sanab o‘tdi.

Tecno

"Men ulg‘ayayotganimda, taxminan 16 yoshimda ikkita, aniqrog‘i uchta sevimli jangchim bor edi. O‘sha paytda ular cho‘qqida edi. Bu – Fyodor Emelyanenko, Mauricio Rua va Jorj Sen-Per. Ular UFC va Pride FC chempionlari bo‘lishgan. Men ularning janglarini ko‘rib ulg‘ayganman. Keyinchalik ular bilan shaxsan tanishganimda, bu men uchun juda hayajonli lahzalar bo‘lgan", — dedi Nurmagomedov "Waheb" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Burgut” o‘zining so‘nggi jangini 2020 yil 24 oktyabr kuni "UFC 254" turnirida o‘tkazib,Jastin Getjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgan va MMA dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!